Korrupsiyaga qarshi kurashish

Korrupsiya holati haqida xabar bering

Har bir murojaat o‘rganib chiqiladi. Xabar beruvchining shaxsi oshkor qilinmaydi — murojaatni anonim tarzda ham qoldirish mumkin.

Markazda korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarning xizmat faoliyatida qonuniylik va halollik tamoyillariga rioya etishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida xodimlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularning oldini olish, xizmat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar, uchrashuvlar, seminar va tushuntirish ishlari muntazam tashkil etiladi.

Shuningdek, korrupsiya holatlari, manfaatlar to‘qnashuvi, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, qonunchilik talablariga zid xatti-harakatlar hamda boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha tizimli ishlar olib boriladi.

Markaz korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda faoliyatda halollik, qonuniylik va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlashni o‘zining ustuvor vazifalaridan biri deb hisoblaydi.

Ishonch telefoni

Fuqarolar va tashkilotlarning murojaatlarini tezkor qabul qilish, korrupsiya va boshqa qonunbuzilish holatlari haqida xabar berish imkoniyatini yaratish maqsadida Markazda Ishonch telefoni faoliyat yuritadi.

Ishonch telefoni: +998 71 244 35 35

Ishonch telefoni orqali:

- korrupsiya alomatlari va korrupsiyaviy xatti-harakatlar haqida xabar berish;
- mansab vakolatini suiiste’mol qilish yoki boshqa qonunbuzilish holatlari yuzasidan murojaat qilish;
- Markaz xodimlarining xatti-harakatlari yoki harakatsizligi yuzasidan ma’lumot taqdim etish;
- manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar haqida xabar berish;
- tezkor ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan masalalarni tegishli mas’ullarga yetkazish mumkin.

Ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi, o‘rganiladi hamda vakolat doirasida ko‘rib chiqish uchun tegishli mas’ul tuzilmalarga yuboriladi.

Murojaatlarda keltirilgan ma’lumotlarning xolis va har tomonlama o‘rganilishi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish — umumiy mas’uliyat. Agar korrupsiyaga oid yoki boshqa qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz, Ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.