Biz O'zbekiston media makonining kelajagimiz

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi nafaqat raqamli media va blogerlar hamjamiyatining markazi sifatida faoliyat yuritadi, balki milliy kino va animatsiya sohalarining rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim platformadir. Bizning asosiy maqsadimiz axborot makonini himoya qilish, aholining raqamli savodxonligini oshirish uchun keng qamrovli va samarali dasturlarni joriy etishdir. Shuningdek, biz dezinformatsiyaga qarshi tizimni shakllantirib, samarali kurash olib boramiz, bu orqali jamiyatda ishonchli axborot oqimini ta'minlashga intilamiz. Zamonaviy texnologiyalar va ijodiy yondashuvlar yordamida sifatli, ishonchli va dolzarb kontent yaratishga katta e'tibor qaratamiz. Bu esa axborot sohasida madaniyatni yanada rivojlantirishga, aholining axborotga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga va milliy madaniyatimizni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yo'nalishlarimiz

Media va blogerlarni rivojlantirish

Raqamli media va blogerlar hamjamiyatini qo'llab-quvvatlash

Kino va animatsiyani qo'llab-quvvatlash

Milliy kinoteatr va animatsiya rivojiga xizmat qilish

Dezinformatsiyaga qarshi kurash

Soxta xabarlarga qarshi choralar va axborot makonini himoya qilish

Ta'lim tashabbuslari

Aholining raqamli savodxonligini oshirish dasturlari

Rahbariyat

Ahmedov Qobuljon

Direktor

Salixov Xusan

Direktor o'rinbosari

Abdurahmonov Jahongir

Direktor o'rinbosari

Ko'p so'raladigan savollar

Dasturda qatnashish uchun saytda ariza to'ldirib, ishlaringiz portfelini yuboring va suhbatdan o'ting. Biz har xil tajriba darajasidagi blogerlarni qabul qilamiz.

Media savodxonlik, kontent yaratish, video montaj va SMM bo'yicha bepul kurslar hamda amaliy ustaxonalar tashkil etamiz.

Loyiha g'oyangizni topshiring — ekspertlar komissiyasi uni ko'rib chiqadi va tanlangan tashabbuslarni moliyaviy hamda texnik jihatdan qo'llab-quvvatlaymiz.

Shubhali xabarlarni monitoring qilamiz, faktlarni tekshiramiz va jamoatchilikni ishonchli manbalar asosida ogohlantiramiz.

Ha, mutaxassislarimiz bilan bog'lanib, kontent strategiyasi va ishlab chiqarish bo'yicha bepul konsultatsiya olishingiz mumkin.