Attestatsiya savollari
Qonunchilik asoslari yuzasidan savollar
38 savol- O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida axborot, so‘z erkinligi va ommaviy axborot vositalariga doir belgilangan normalarni aytib bering.
- «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda Qonunning axborot xizmatlarining faoliyatiga tegishli asosiy ahamiyatli jihatlarini gapirib bering.
- «Axborotlashtirish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunining maqsadi va mazmun-mohiyati haqida gapirib bering.
- «Jurnalistika faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda asosiy ahamiyatli jihatlarini gapirib bering.
- «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda Qonunning axborot xizmatlarining faoliyatiga tegishli asosiy ahamiyatli jihatlarini gapirib bering.
- «Axborot olish kafolatlari va erkinligi» O‘zbekiston Respublikasi qonunining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda Qonunning axborot xizmatlarining faoliyatiga tegishli asosiy ahamiyatli jihatlarini gapirib bering.
- «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda asosiy ahamiyatli jihatlarini gapirib bering.
- «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda asosiy ahamiyatli jihatlarini gapirib bering.
- «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda Qonunning axborot xizmatlarining faoliyatiga tegishli asosiy ahamiyatli jihatlarini gapirib bering.
- «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda asosiy ahamiyatli jihatlarini gapirib bering.
- O‘zbekiston Respublikasi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonunda ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlarining asosiy vazifalarini sanab bering?
- «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-4366-son qarorda belgilangan davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlarining asosiy vazifalarini gapirib bering?
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 707-sonli Qarorining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi to‘g‘risida Nizom haqida gapiring.
- Axborot erkinligi tushunchasiga ta’rif bering? Axborot erkinligining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
- Davlat ramzlaridan (bayroq, gerb) ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda va reklama materiallarida foydalanishning huquqiy cheklovlari nimalardan iborat?
- Axborot xavfsizligi nima? Uni ta’minlash sohasidagi davlat siyosati qanday amalga oshiriladi?
- Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovni ko‘rib chiqish tartibini aytib bering.
- Sun’iy intellekt (AI)ning huquqiy ta’rifi va uning axborot sohasida qo‘llanilishi bo‘yicha qonunchilik talablarini tushuntiring.
- Axborot xavfsizligi siyosatida sun’iy intellektning roli va uning jamoatchilikka ta’siri qanday?
- Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarining ish samaradorligi qanday mezonlar asosida baholanadi?
- Aksilreklama qanday amalga oshiriladi?
- Bosh muharrir, shuningdek jurnalist ommaviy axborot vositalarida haqiqatga mos kelmaydigan materiallarni tarqatganlik uchun qanday hollarda javobgar bo‘lmaydi?
- Xorijiy davlatlar OAV muxbirlarining O‘zbekiston hududidagi faoliyati qaysi me’yoriy hujjat bilan tartibga solinadi?
- Ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lmagan ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida ma’lumot bering.
- Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini tugatish tartibi qanday?
- OAVda berilgan raddiyaning hajmi va joylashtirilish tartibi qanday bo‘lishi kerak?
- «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunning 121-moddasini sharhlab bering.
- Kimlar ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish huquqiga ega emas?
- Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifini tushuntirib bering?
- O‘zbekiston Respublikasi Jurnalistlarning kasb etikasi kodeksi qachon va qaysi tartibda qabul qilingan?
- Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash yo‘nalishidagi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar?
- Davlat organlari tomonidan OAV va fuqarolarga axborot taqdim etishning qonuniy asoslari?
- Ochiq ma’lumotlar portali (data.egov.uz) to‘g‘risida gapirib bering?
- Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish bo‘yicha «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish» yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturida qanday huquqiy choralar ko‘zda tutilgan?
- «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish» yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturining 265-bandida ko‘zda tutilgan «O‘zbekiston Milliy fotobanki»ni yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima?
- «O‘zbekiston – 2030» strategiyasining maqsadlari nima?
- 2030 strategiyasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aytib bering?
- Strategiya doirasida nechta maqsad va chora-tadbir belgilangan?
Axborot xizmati faoliyati va media sohasiga oid savollar
62 savol- Faktcheking (fact-checking) nima? U qanday amalga oshiriladi? Feyknyus (fake news) va faktcheking tushunchalarining ma’nosi va ularning bog‘liqlik jihatlari nimadan iborat?
- Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida akkreditatsiya majburiymi? Mahalliy OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi qanday?
- Ijtimoiy tarmoq va messenjerlarning farqli jihatlarini tushuntirib bering?
- O‘zbekiston Respublikasida axborot sohasidagi izchil islohotlar, matbuot erkinligi va davlat organlarining ochiqligini ta’minlash borasida so‘nggi 10 yil davomida asosiy yutuqlarini sanab bering?
- Ommaviy axborot vositalari faoliyatini monitoring qilish deganda nima ko‘zda tutiladi?
- Mediasavodxonlik nima va nima uchun u zamonaviy jamiyatda muhim?
- Mediarejalashtirish nima?
- Xabar uchun maqsadli auditoriyani qanday aniqlaysiz va nima uchun bu muhim?
- Qaysi holatlarda davlat organi axborot taqdim etishni rad etish huquqiga ega?
- Ijtimoiy axborot nima?
- Normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalar qaysilar?
- Kiberbulling va kiberjinoyat nima?
- Huquqiy axborotni davlat organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish talablarini bilasizmi?
- Moderatsiya, pre-moderatsiya, post-moderatsiya nima?
- Telegram platformasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qanday usulda amalga oshiriladi?
- O‘zbekistonda va xalqaro miqyosda qanday faktcheking manbalarini bilasiz?
- Ishonchsiz va manipulyativ axborotning asosiy belgilarini ayting.
- Nashrdan oldin ma’lumotlarni tekshirishda qaysi axborot manbalari ustuvor hisoblanadi?
- Ijtimoiy tarmoqlarda kontentni joylashtirishda algoritmlarning ahamiyati qanday?
- Davlat idorasining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida beriladigan axborotning uslubi (Tone of Voice) o‘rtasida qanday farq bo‘lishi kerak?
- Rasmiy sahifada e’lon qilinadigan post uchun vizual kontent (rasm, infografika, video) tanlashda nimalarga e’tibor berish shart? «Clickbait» sarlavhalar ishlatish davlat organi uchun joizmi?
- Ijtimoiy tarmoqlardagi «trollar fabrikasi» yoki uyushtirilgan «xeyt» (hate speech) hujumlariga duch kelganda, administrator sifatida qanday choralar ko‘rasiz?
- Zamonaviy media makonda «Shorts»/«Reels» kabi qisqa video formatlarning davlat organi imijini shakllantirishdagi o‘rni qanday? Ulardan rasmiy maqsadda qanday foydalanish mumkin?
- Telegram kanalida «kommentariyalar» (izohlar) funktsiyasini yoqib qo‘yishning ijobiy va salbiy tomonlari nimalarda? Fuqarolarning haqoratli izohlariga qanday reaktsiya qilish kerak?
- Ijtimoiy tarmoqlar tahlili (SMM Analytics)da «Reach» (qamrov) va «Engagement» (jalb qilish) ko‘rsatkichlarining farqi nimada va qaysi biri muhimroq?
- «Newsbreak» tushunchasi nima? Zerikarli hisobot yoki yig‘ilishdan qanday qilib qiziqarli axborot bahonasi yasash mumkin?
- Sun’iy intellekt (ChatGPT va boshqalar) imkoniyatlaridan matbuot xizmati faoliyatida qanday foydalanish mumkin va buning qanday risklari bor?
- «Storytelling» (hikoya qilish san’ati) usulini davlat idorasi faoliyatini yoritishda, masalan, oddiy xodimlar yoki fuqarolar misolida qanday qo‘llash mumkin?
- Tashkilot imijini o‘rganishda SWOT-tahlil usulini qanday qo‘llaysiz? (Strengths, Weaknesses, Opportunities, Threats).
- Matbuot kotibi o‘z faoliyati samaradorligini (KPI) qanday baholaydi?
- Media makonda krizis yuzaga kelganda «Oltin soat» (Golden Hour) qoidasi nima
- Tashkilot faoliyati yuzasidan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan maqola e’lon qilinganda, axborot xizmati qanday huquqiy choralar ko‘rishi mumkin?
- Agar tanqid asosli bo‘lsa, rasmiy munosabat matnida qaysi 3 ta asosiy element bo‘lishi shart?
- «Spin-doktor» kim va krizis vaziyatida axborot oqimini boshqarishda uning vazifalarini matbuot kotibi qanday bajarishi kerak?
- Krizis paytida «jimlik saqlash» (No comment) strategiyasi qachon o‘zini oqlaydi va qachon vaziyatni og‘irlashtiradi?
- Tizimda korrupsiya yoki jinoyat holat aniqlanganda, tergov siri va jamoatchilikni xabardor qilish o‘rtasidagi balansni qanday ushlash kerak?
- «Brifing» va «matbuot anjumani» o‘rtasidagi asosiy farq nimada? Qaysi holatda qaysi formatni tanlash maqsadga muvofiq?
- Press-reliz yozishning «Teskari piramida» (Inverted Pyramid) usulini tushuntirib bering. Press-reliz sarlavhasi qanday talablarga javob berishi kerak?
- «Embargo» tushunchasi nimani anglatadi va undan davlat idorasi axborot xizmati qanday foydalanishi mumkin?
- Jurnalistlar uchun «press-tur» tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima bo‘lishi kerak va uning samaradorligi qanday baholanadi?
- Ijtimoiy reklama va davlat organining targ‘ibot materiallari o‘rtasidagi farq nima?
- Xizmat ma’lumotlarini bulutli servis (Google Drive, Telegram)larda saqlashning huquqiy xavflari qanday?
- Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan «virtual» murojaatlarning huquqiy maqomi qanday?
- Qaysi holatlarda rasmiy press-relizdan ko‘ra infografika yoki «kartochka» usuli samaraliroq hisoblanadi?
- Facebook, Instagram va Telegram auditoriyasining farqi va kontentni platformalarga moslashtirish (Cross-posting xatolari).
- Rasmiy xabarlarning qidiruv tizimlarida (Yandex, Google) birinchi chiqishini ta’minlash strategiyasi.
- Anons, press-reliz, press-kit va ma’lumotnomalarni tarqatishning qanday ilg‘or usullari mavjud?
- Media kontent, mem, xeshteg tushunchalariga ta’rif bering?
- Axborot xizmati uchun PR-strategiya ishlab chiqishning ahamiyati va bosqichlarini sanab bering.
- Jamoatchilik bilan aloqalar sohasida inqirozli vaziyatlardan chiqib ketish uchun qanday PR-vositalar bor?
- Inqirozli kommunikatsiya nima? Inqiroz paytida rioya qilinadigan asosiy tamoyillarni bilasizmi? Inqirozli holatlarni modellashtirish qanday amalga oshiriladi?
- Bloger va jurnalist tushunchasiga normativ-huquqiy hujjatlarda qanday ta’rif berilgan?
- Tanqidiy materialga qancha vaqtda dastlabki rasmiy munosabat bildirilishi kerak?
- Tashkilot veb-saytini yuritishda axborot xizmatiga qanday talablar belgilangan?
- Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarni verifikatsiya qilish qanday amalga oshiriladi?
- Bulling, trolling, fleyming, xeyting o‘rtasidagi farqlar nimalardan iborat?
- Dezinformatsiya, mizinformatsiya va malinformatsiya o‘rtasidagi farqlar qanday?
- OAVda chop etilgan mualliflik maqolalaridan foydalanish tartibini aytib bering?
- Intervyu berish va intervyudan foydalanish talablarini bilasizmi?
- Internetdagi kontentni monitoring qilish uchun qanday zamonaviy instrumentlardan foydalanasiz va ularning foydasi nimada?
- Tashkilot vakillarini intervyu yoki efirga tayyorlashda «Media training»ning qaysi usullaridan foydalanish mumkin?
- Axborot xizmati faoliyatining samaradorligini qanday sifat ko‘rsatkichlari bilan baholash muhim deb o‘ylaysiz?
Yana savolingiz bormi?
Attestatsiya jarayoni bo‘yicha qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, Markaz axborot xizmati bilan bog‘lanishingiz mumkin.
