Media tanlovlar

«Media SMM» — ijtimoiy tarmoqlardagi eng yaxshi kontent tanlovi

Kontent tayyorlash markazi 1420
«Media SMM» — ijtimoiy tarmoqlardagi eng yaxshi kontent tanlovi

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi ushbu ijodiy tanlovni sohadagi eng yaxshi ishlarni aniqlash, mualliflarni qo‘llab-quvvatlash va media makonda sifatli kontent ulushini oshirish maqsadida o‘tkazadi.

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari, mustaqil mualliflar va ijodiy jamoalar ishtirok etishi mumkin. Ishtirok bepul, ariza faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Taqdim etilgan ishlar mustaqil hakamlar hay’ati tomonidan besh mezon bo‘yicha baholanadi: mavzuning dolzarbligi, mualliflik yondashuvi, ijro sifati, auditoriya qamrovi va ijtimoiy foydalilik. Har bir mezon bo‘yicha 10 balgacha ball qo‘yiladi.

Hakamlar hay’atining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va Markazning rasmiy saytida e’lon qilinadi. G‘oliblar tantanali marosimda taqdirlanadi.

Nominatsiyalar

  1. 01 Eng yaxshi qisqa video (Reels/Shorts)
  2. 02 Eng yaxshi Telegram kanal
  3. 03 Kreativ kampaniya
  4. 04 Davlat organining eng faol sahifasi

Ishtirok shartlari

  • Ish oxirgi 12 oy ichida tayyorlangan va e’lon qilingan bo‘lishi kerak
  • Muallif O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi shart
  • Bir muallif ko‘pi bilan uchta ish taqdim etishi mumkin
  • Material avval boshqa tanlovda g‘olib bo‘lmagan bo‘lishi lozim
  • Sun’iy intellekt yordamida to‘liq yaratilgan ishlar qabul qilinmaydi

Mukofotlar

  • Bosh mukofot50 mln so‘m va maxsus diplom
  • I o‘rin30 mln so‘m
  • II o‘rin20 mln so‘m
  • III o‘rin10 mln so‘m