«Oltin kadr» — yilning eng yaxshi teleloyihasi milliy tanlovi

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi ushbu ijodiy tanlovni sohadagi eng yaxshi ishlarni aniqlash, mualliflarni qo‘llab-quvvatlash va media makonda sifatli kontent ulushini oshirish maqsadida o‘tkazadi.
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari, mustaqil mualliflar va ijodiy jamoalar ishtirok etishi mumkin. Ishtirok bepul, ariza faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Taqdim etilgan ishlar mustaqil hakamlar hay’ati tomonidan besh mezon bo‘yicha baholanadi: mavzuning dolzarbligi, mualliflik yondashuvi, ijro sifati, auditoriya qamrovi va ijtimoiy foydalilik. Har bir mezon bo‘yicha 10 balgacha ball qo‘yiladi.
Hakamlar hay’atining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va Markazning rasmiy saytida e’lon qilinadi. G‘oliblar tantanali marosimda taqdirlanadi.
Nominatsiyalar
- 01 Yilning eng yaxshi teleko‘rsatuvi
- 02 Eng yaxshi hujjatli film
- 03 Eng yaxshi ijtimoiy video
- 04 Eng yaxshi telejurnalist
- 05 Eng yaxshi operator ishi
- 06 Eng yaxshi montaj
- 07 Yosh ijodkor
- 08 Auditoriya simpatiyasi
Ishtirok shartlari
- Ish oxirgi 12 oy ichida tayyorlangan va e’lon qilingan bo‘lishi kerak
- Muallif O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi shart
- Bir muallif ko‘pi bilan uchta ish taqdim etishi mumkin
- Material avval boshqa tanlovda g‘olib bo‘lmagan bo‘lishi lozim
- Sun’iy intellekt yordamida to‘liq yaratilgan ishlar qabul qilinmaydi
Mukofotlar
- Bosh mukofot50 mln so‘m va maxsus diplom
- I o‘rin30 mln so‘m
- II o‘rin20 mln so‘m
- III o‘rin10 mln so‘m
